20:58 / 02.02.2021
7970

Dubay turistlar uchun yangi cheklovlar joriy etilganini e'lon qildi

Dubaydagi bar va pablar fevral oxirigacha yopiladi, shuningdek, boshqa cheklovlar ham joriy etiladi.

Foto: AFP/Getty Images

"Epidemik vaziyat yomonlashganligi hamda ko‘plab qonunbuzilishlar sababli Dubaydagi bar va pablar kamida 28 fevralgacha yopiladi. Restoran va qahvaxonalar tungi soat birda yopiladi, bu joylarda ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi", - deb yozadi Khaleej Times gazetasi.

Restoranda bir stol atrofida yetti, qahvaxonada esa to‘rt nafardan ortiq kishi o‘tirishiga ruxsat berilmaydi. Stollar bir-biridan uch metr masofada joylashtiriladi.

Mehmonxona, basseyn va mehmonxonalardagi plyajlar hamda savdo markazlarida umumiy sig‘imning 70 foizigacha odam bo‘lishi lozim.  

ABC News qayd etishicha, Amirlikda yangi yildan so‘ng, butun dunyodan kelgan turistlar Dubayda bayramni nishonlashgach koronavirus yuqtirish holatlari keskin o‘sgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, BAAda koronavirus yuqtirganlar soni 306 mingga yetgan, 859 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top