09:01 / 02.02.2021
12086
Eron eng kuchli fazoviy raketasining parvozini amalga oshirdi
Foto: iribnews

Eron yangi raketa-tashuvchisining parvozini amalga oshirdi. Irib News nashrining xabar berishicha, “Zuljahon” deb nomlangan raketa orbitaga sun'iy yo‘ldoshlarni chiqarish uchun mo‘ljallangan. 

Raketa Eron raketalari orasida eng kuchli dvigatelga ega bo‘lib, qattiq yonilg‘ida ishlaydi. Eronlik harbiylar raketani uchirish uchun bunday yonilg‘ini birinchi marta qo‘llashdi.  

Yonilg‘i sifatida 10 yil avtonom ishlashga yetadigan metall dielektrik plastinalar qo‘llanadi. Raketa og‘irligi 220 kg keladigan sun'iy yo‘ldoshni 500 kmgacha balandlikka chiqara oladi. 

“Sinovlar va texnologiyalar takomillashtirilgandan so‘ng ushbu raketa sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqara oladi”, deb aytgan Eron mudofaa vazirligining koinot guruhi vakili Ahmad  Husayniy.

2020 yil aprelda Eron birinchi marta orbitaga harbiy sun'iy yo‘ldoshni chiqargandi. O‘shanda “Qassid” raketasi Noor-1 sun'iy yo‘ldoshini 425 km balandlikka olib chiqqan.   

Top