21:29 / 02.02.2021
5903

Futzal. O‘zbekiston Argentinaga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda Argentina milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida o‘tgan uchrashuv muxlislarda katta qiziqish uyg‘otgandi. 

Bahodir Ahmedov boshqaruvidagi futzalchilarimizning jahonning amaldagi chempionlariga qarshi o‘yinida Lukas Boloning yagona goli Argentinaga g‘alaba keltirdi – 0:1.

2 fevral (seshanba)
O‘rtoqlik o‘yini. Toshkent
O‘zbekiston – Argentina - 0:1
Hakam
: Nurdin Bukuyev (Qirg‘iziston)
Gol: Lukas Bolo, 10.
O‘zbekiston: 1.Rustam Umarov, 2.Anasxon Rahmatov, 4.Ixtiyor Rofiyev, 6.Ilhomjon Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov.
Zaxira: 12.Ravshan Eliboyev, 3.Mashrab Odilov, 5.Elbek To‘lqinov, 7.Dilshod Rahmatov, 10.Davron Choriyev, 11.Akbar Usmonov, 15.Sunnatilla Jo‘rayev, 20.Xushnur Erkinov, 21.Davlat Ibrahimov.
Argentina: 1.Lukas Farax, 2.Damian Stazzone, 10.Konstantino Vaporaki, 11.Alan Brandi, 14.Andres Gerati.
Zaxira: 3.Lukas Tripodi, 4.Lukas Bolo, 5.Maksimiliano Rechia, 6.Sebastian Korso, 7.Anxel Klaudino, 8.Luchiano Avellino, 9.Matias Roxa, 12.Matias Starna, 13.Santyago Rufino. 

Kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston va Argentina futzal milliy jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik bahsi 3 fevral kuni ham soat 18:30da xuddi shu zalda o‘tkaziladi.

Top