17:14 / 02.02.2021
25393
IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

2018 yildan beri Navoiy ivloyati IIB boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan polkovnik Rustam Tursunov Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Polkovnik Rustam Tursunov Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Rustam Tursunov 2017–2018-yillarda Jizzax viloyati IIB boshlig‘i, 2018 yildan hozirgacha Navoiy viloyati IIB boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

2018 yildan buyon IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga Bahrombek Odilov rahbarlik qilib kelayotgan edi. Uning kelgusi faoliyati haqida hozircha ma'lumot yo‘q.

Top