10:09 / 02.02.2021
3616

Xitoyda koronavirusga qarshi qalbaki vaksinalar sotgan 80dan ko‘proq kishi qo‘lga olindi 

Xitoy politsiyasi koronavirusga qarshi qalbaki vaksinalarni tarqatganlik uchun 80dan ko‘proq kishini qo‘lga oldi va qalbaki vaksinaning 3 mingdan ko‘proq dozasini musodara qildi. 

“Sinxua” axborot agentligining xabar berishicha, gumonlanuvchilar 2020 yil sentyabridan boshlab oddiy fiziologik aralashma (fizrastvor) bilan to‘ldirilgan shpritslarni koronavirusga qarshi vaksina sifatida katta narxga sotib kelishgan.  

Jinoiy tarmoq Pekin, Shanhay shaharlarida va Shandun provinsiyasida harakat qilgan.

Global Times nashrining manbalarga tayanib xabar berishicha, jinoyatchilar dunyoda vujudga kelgan vaksina taqchilligidan foydalanib, o‘z “mahsulotlari”ni xorijga ham jo‘natishni rejalashtirishgan.      

Top