20:20 / 02.02.2021
4611

Yevroittifoq Kosovoning Quddusda elchixona ochish to‘g‘risidagi qarorini tanqid qildi

YeI tashqi siyosiy xizmati vakili Peter Stanoning so‘zlariga ko‘ra, Kosovo o‘z majburiyatlaridan chetga chiqmoqda.

Bryussel Prishtina hukumatini Kosovoning Quddusda diplomatik missiya ochish to‘g‘risidagi qarori o‘lkaning Yevroittifoqqa kirish istiqboliga putur yetkazishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda YeI tashqi siyosiy xizmati vakili Peter Stano ma'lum qildi.

"Bu taassufga loyiq yangilik, chunki u YeIning Quddus bo‘yicha qaroriga mos kelmaydi. YeI Quddusning maqomi bo‘yicha qaror faqat Falastin-Isroil muzokaralari doirasida qabul qilinishi mumkinligidan kelib chiqadi. YeI davlatlarining barcha elchixonalari Tel-Avivda joylashgan va o‘sha yerda qoladi", - deb ta'kidladi u.

 "Kosovo o‘z majburiyatlaridan chetga chiqmoqda va biz Kosovoning ularni bajarishga qaytishini kutamiz”, - dedi Stano.

 Hozirda Yevroittifoqning 27 davlatidan beshtasi Kosovoning suverenitetini tan olmagan va ular tan olmagunicha Kosovo YeIga kira olmaydi. 

Mavzuga oid
Top