15:51 / 02.02.2021
13755
Zuhra Mirg‘oziyeva Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi 

Nurafshon shahrida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi. Unda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddasiga muvofiq yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Zuhra Mirg‘oziyeva viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Z.Mirg‘oziyeva shu paytgacha O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, sessiyada Toshkent viloyati hokimining tegishli qaroriga muvofiq Ulug‘bek Uzoqov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi. 

U. Uzoqov shu paytgacha Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.  

Avvalroq, Toshkent viloyati hokimi ishdan olingani, uning o‘rnini Jahongir Ortiqxo‘jayevning sobiq o‘rinbosari egallagani xabar qilingandi.

Top