12:00 / 03.02.2021
2125
Boulevard biznes markazi – zamonaviy makon va biznesning mujassamligi

Boulevard biznes markazining ikki qavatli binosi estetik ko‘rinishi, funksionalligi va ko‘p qirrali yuqori texnologik yechimlari bilan alohida e'tirofga ega. Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida joylashganligi sabab biznes markazi tijorat ko‘chmas mulkining istiqboli va yuqori salohiyatiga katta ishonch bildirish mumkin.

Boulevard biznes markazi quyidagi ko‘rsatgichlarga ega:

  • Tashkent City hududida 4 000 kvadrat metr maydonda joylashgan tijorat ko‘chmas mulki;
  • Birinchi qavatda 14 ta savdo va tijorat binolari joylashgan;
  • Ikkinchi qavatda sifatli ta'mirlangan 16 ta yuqori klassdagi ofis maydonlari mavjud;
  • 7 metrgacha bo‘lgan shift balandligi, bu esa joyni ikki darajali maydonga aylantirishga imkon beradi;
  • Erkin loyiha va puxta o‘ylangan yechimlar;
  • Panoramali oyna va vitrinalar;
  • Tijorat binolarining maydoni 111 dan 205 kvadrat metrgachani tashkil etadi. Ofis joylari maydoni esa 75 dan 159 kvadrat metrgacha yetadi;
  • Zamonaviy texnologik-muhandislik yechimlari va ilg‘or qurilish texnologiyalaridan foydalanilgan;
  • Original konsepsiya va me'morlik;
  • Mamlakatning eng yirik moliya markazi, xalqaro kongress-xoll, Hilton mehmonxonasi va Tashkent City parki yonidagi zamonaviy maskan;
  • Mehmonlar va xizmatchilari uchun biznes markazining o‘z yer osti avtoturargohi mavjud;
  • Biznes markazning ikkinchi qavatdagi Tashkent City parkiga qaragan ochiq terrasa;

Ko‘chmas mulk sohasida mustaqil jahon ekspertlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi loyihaning yuqori investitsiya salohiyati va uning kapitallashuvi oshganligini ko‘rsatmoqda.

Boulevard biznes markazi – bu nafaqat yuqori daromadli biznes va foydali sarmoyalar, balki eksklyuzivlik, ishbilarmonlik mavqei hisoblanadi. Markaz mahobati va o‘ziga xos me'moriy yechimi bu yerda biznes boshlagan tadbirkorning yuksak didi, biznes qarashlaridan dalolat beradi. Bu esa albatta sheriklar va mijozlar tomonidan munosib e'tirof etiladi.

Faol qurilish bosqichi har doim eng maqbul narxlar payti hisoblanadi. Hozirgi kunda xaridorlarni Boulevard biznes markazidan joy xarid qilish uchun qulay va foydali shartlar hamda takliflar kutmoqda.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

 
Top