07:48 / 03.02.2021
5181
Namanganda 4 balli yer silkinishi qayd etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 2021 yil 3 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:03da O‘zbekistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Yer silkinishi koordinatalari: 41,09 gradus shimoliy kenglik; 71,77 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik 10 km. 

Yer silkinishi episentridan Toshkentgacha masofa 215 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

Namangan: 13 km, 4 ball.

Top