14:27 / 03.02.2021
9206

Ukraina muxolifati Zelenskiyga impichment e'lon qilmoqchi

Bunga Vladimir Zelenskiyning 112, Newsone va ZIK telekanallari faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori sabab bo‘ldi.

Foto: TASS

"Oppozitsionnaya platforma - Za jizn" (OPZJ) fraksiyasi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga nisbatan impichment jarayonini boshlaydi, dedi OPZJ partiyasi hamraisi Vadim Rabinovich.

"Bugun mustaqil Ukraina tarixida ilk bor birdaniga uchta yetakchi telekanal o‘chirib qo‘yildi. Yaqin vaqt ichida keyingi qadamlarimizni belgilab beradigan partiya s'yezdini o‘tkazamiz. Biz saylovchilar, mamlakatni tahqirlagan prezident Zelenskiyning impichmenti protsedurasini boshlaymiz", - dedi Rabinovich oliy rada minbaridan.

Rabinovich Vladimir Zelenskiyni odamlarga kommunal tariflar, koronavirusga qarshi vaksina yo‘qligi, tibbiyot izdan chiqqani va boshqa muammolar haqida «haqiqatni aytayotganlarning og‘zini yopishga urinish»da aybladi.

 2 fevral kuni Vladimir Zelenskiy 112, Newsone va ZIK telekanallari faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

 Mazkur telekanallar OPZJ yetakchilaridan biri Viktor Medvedchukka aloqador deb hisoblanadi.

Top