08:09 / 03.02.2021
5127
Yo‘lovchilar eng ko‘p va eng kam foydalangan avtobus yo‘nalishlari ma'lum qilindi

"Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati jamoat transporti (avtobuslar)dan yanvar oyi mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 131-sonli yo‘nalish - 238 574ta;
2. 58-sonli yo‘nalish - 173 690ta;
3. 24-sonli yo‘nalish - 150 846ta.

Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 184-sonli yo‘nalish - 231ta;
2. 133-sonli yo‘nalish - 3 200ta;
3. 185-sonli yo‘nalish - 3 524ta.

128ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 8 090 379ta

Hisoblash jarayonida faqatgina naqd pul va ATTO transport kartalari orqali to‘lov qilgan yo‘lovchilar inobatga olingani aytiladi.

Top