15:04 / 04.02.2021
3592
Fly Egypt O‘zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

Misrning Fly Egypt aviakompaniyasi O‘zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston hukumati va Misr hukumati o‘rtasida tuzilgan Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida, 2021 yil 3 fevralda “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan Fly Egypt aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam ravishda aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi. 

Ruxsatnoma Qohira – Toshkent – Qohira va Sharm al-Shayx – Toshkent – Sharm al-Shayx yo‘nalishlarida parvozlar uchun berildi.

Aviakompaniya reyslarni Boeing-737-700/800 havo kemalarida amalga oshirishini ma'lum qildi.

Top