14:48 / 04.02.2021
7752
Rustam Saidov boks bo‘yicha Malayziya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Olimpiada sovrindori bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschi Malayziya terma jamoasini boshqaradi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda aytilgan.

Qayd etilishicha, Sidney-2000 Olimpiya o‘yinlari sovrindori, Osiyo o‘yinlarining ikki karra chempioni Rustam Saidov boks bo‘yicha Malayziya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Murabbiy Malayziya boks federatsiyasi bilan rasman shartnoma imzolagani aytiladi.

Rustam Saidov 2011 yilda bokschilik faoliyatini yakunlagan va shundan so‘ng murabbiylik faoliyatini boshlagan. O‘z vaqtida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham ishlagan va qit'ada 2015 yilning eng yaxshi boks murabbiyi deb topilgan.

Top