07:49 / 05.02.2021
4105
5 fevral kuni O‘zbekistonda juda iliq ob-havo kutilmoqda

5 fevral kuni O‘zbekiston bo‘yicha juda iliq va quruq havo massalari kirib kelishi davom etadi, deb xabar qilmoqda «O‘zgidromet».

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-20 daraja iliqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduz kuni havo harorati 17-19 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduz kuni 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Top