11:27 / 05.02.2021
8321

«Ko‘ngil ko‘chalari» seriali rejissyori Mahkam Muhammedov vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Mahkam Muhammedov 4 fevral kuni 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Kino san'ati» Telegram kanalida xabar berildi.

O‘zbekiston san'at arbobi Mahkam Muhammedov mamlakatdagi atoqli rejissyorlardan biri sifatida «Azizaxon» nomli televizion film, «Ko‘ngil ko‘chalari», «Mehrobdan chayon» singari ko‘plab ilk teleseriallarni tomoshabinlar hukmiga havola etgan. 

Shuningdek, u Chingiz Aytmatovning «Oq kema», xalq yozuvchisi Rahmat Fayziyning «Hazrati inson» nomli asarlarini ham sahnalashtirgan.

Mahkam Muhammedov Alisher Navoiyning «Layli va Majnun», Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush», Hamzaning «Maysaraning ishi», Nozim Hikmatning «Ajal shamshiri», Parda Tursunning «O‘qituvchi», Lev Tolstoyning «Kavkaz asiri», Chingiz Aytmatovning «Birinchi o‘qituvchi» asarlari asosida televizion spektakllarni ham sahnalashtirgan.

Top