19:18 / 05.02.2021
4597
O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi rahbari o‘zgardi

Qo‘qon davlat pedagogika institutining sobiq rektori Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasiga rahbar bo‘ldi.

Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, Azizjon G‘ulomjonovich Eminov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U bu lavozimda 2020 yil martidan buyon ishlab kelgan Sirojiddin Bahromovich Rahmonaliyevning o‘rnini egalladi.

Azizjon Eminov muqaddam Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori sifatida ishlagan, 2020 yil aprelida O‘zbekistondagi OTM rahbarlarining yoppasiga ishdan olinishi vaqtida lavozimini tark etgandi.

Top