15:34 / 06.02.2021
7417
Blinken AQSh Xitoyni javobgarlikka tortmoqchi ekanligini aytdi

Blinkenning ta'kidlashicha, AQSh "Shinjon, Tibet va Hongkongda inson huquqlari va demokratik qadriyatlarni himoya qilishda davom etadi".

Foto: Bloomberg

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy kompartiyasi markaziy qo‘mitasining tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi devonxonasi rahbari Yan Tszechi bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Davlat departamentining xabar qilishicha, AQSh XXRni Hind-Tinch okeani mintaqasidagi barqarorlikka tahdid soluvchi harakatlari bois javobgarlikka tortish uchun o‘z ittifoqchilari va hamkorlari bilan umumiy qadriyat va manfaatlarni himoya qilish ustida ish olib boradi.

Bundan tashqari, Blinkenning ta'kidlashicha, AQSh "Shinjon, Tibet va Hongkongda inson huquqlari va demokratik qadriyatlarni himoya qilishda davom etadi".

U shuningdek, Xitoyni Myanmadagi harbiy to‘ntarishni qoralashda jahon hamjamiyatiga qo‘shilishga chaqirgan.

Juma kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin Xitoy hukumati AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati bilan ziddiyatga bormasligi, Vashington bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi.

Avvalroq Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar Xitoyni asosiy raqobatchisi deb hisoblashini, ammo Amerika manfaatlariga mos keladigan hamkorlikka tayyorligini bildirgandi.

Mavzu
Myanmada harbiylar isyoni
1 fevral kuni Myanmada harbiylar mamlakatning amaldagi rahbari Aung San Suu Kyini hibsga olib, hokimiyat armiya bosh qo‘mondoni Min Auing Hlaingga o‘tganini, bir yil davomida favqulodda holat rejimi amalda bo‘lishini e'lon qilishdi.
Barchasi
Top