O‘tgan yili Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh sanksiyalari tiklangan 2018 yildan beri mamlakatning umumiy yo‘qotishlari 150 mlrd dollar deb baholanayotganini ma'lum qilgandi.

Foto: Vahid Salemi
Eron Amerika sanksiyalari sababli neft eksportida 100 mlrd dollar miqdoridagi daromaddan mahrum bo‘ldi.
Bu haqda Eronning birinchi vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy Karmonshoh viloyatida neft-kimyo korxonasiga poydevor qo‘yish marosimida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh sanksiyalari Eron iqtisodiyotiga ulkan miqyosda zarar yetkazgan.
«Agarda sanksiyalar bo‘lmaganida, eronliklar bunchalik qiyin iqtisodiy vaziyatga tushib qolmagan bo‘lardi», - dedi Jahongiriy.
O‘tgan yil sentyabrda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh sanksiyalari tiklangan 2018 yildan beri mamlakatning umumiy yo‘qotishlari 150 mlrd dollar deb baholanayotganini ma'lum qilgandi.