16:00 / 06.02.2021
4938
NUR – ahil qo‘shnilar mavzesi

Namuna Development kompaniyasi zamonaviy shahar hayoti farovonligi va talablari nuqtai nazaridan puxta o‘ylangan turar joy mavzesini qurishga ixtisoslashtirilgan.

Kompaniyaning ustuvor vazifasi – faoliyat turi, sevimli mashg‘ulotlari yoki daromadlaridan qat'iy nazar, har bir yashovchining ehtiyojlarini hisobga olishdir.

«Dastlab puxta rejalashtirish, keyin amalga oshirish!» – har bir turar joy majmuasini shakllantirishda aynan shu yondashuv yotadi. Uyga bo‘lgan sog‘inch hislarini uyg‘otadigan majmualarni qurish Namuna Development kompaniyasining oliy maqsadidir.

Turar joy mavzesining butun hududida haqiqiy shinamlik madaniyatini targ‘ib qilish har bir yashovchining hayotini nafaqat xonadonda, balki uning tashqarisida ham yorqin va qiziqarli bo‘lishini ta'minlashga imkon beradi!

NUR turar joy mavzesi – Namuna Development kompaniyasining ilk loyihasi. Majmua hududi 3,55 gektarni tashkil etadi va u shaharning markaziy tumanida «Hamid Olimjon», «Abdulla Qodiriy» va «Minor» metro bekatlari yaqinida joylashgan. NUR turar joy mavzesi joylashgan manzilda ma'muriy va ta'lim muassasalari, bolalar bog‘chalari, ko‘plab do‘kon, kafe va restoranlar joylashgan. Mavze Toshkent shahrining asosiy magistral yo‘llariga bevosita yaqinligi va tumanning boy infratuzilmasi yashovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratib beradi. Mavze hududidagi oziq-ovqat va xo‘jalik do‘konlari sizni tashvishlardan xalos qiladi, bir qator qahvaxona va butiklar esa dam olish paytingizni qiziqarli o‘tkazishga qaratilgan.

NUR turar joy mavzesi balandligi 9 va 16 qavatlardan iborat bo‘lgan 30 ta yashashga tayyor binolardan, ikki, uch va to‘rt xonali xonadonlar, shuningdek, terrasalar va mansardali ikki qavatli duplekslardan iborat. Bu yerda bolalar maydonchalari, skeytbord va mashg‘ulotlar zonasi, sport zali, velosiped to‘xtash joyi va yugurish yo‘laklari mavjud. Shuningdek, uy hayvonlarini sayr qilishiga alohida joy barpo etilgan. Avtomobil egalariga 24 soat davomida qo‘riqlanadigan yer osti avtoturargohida 741 to‘xtash joylari ajratilgan.

Har bir xonadon kirib yashash uchun tayyor va bazaviy remont qilingan bo‘ladi. Tayyor pol qoplamasi, devor va shiftlarning pardoz ishlari, o‘tkazilgan elektr tarmog‘i – bularning barchasi har bir xonadonda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha imkoniyat – bu dizaynerlar mualliflik qilgan loyiha bo‘yicha ta'mirlangan va jihozlangan variantni tanlashdir.

Majmuani qurishda mintaqamizning seysmik xususiyatlari ham inobatga olingan. Zilzila paytida beton plitalarining harakatlanishini ta'minlaydigan Germaniyaning Motus texnologiyasi xonadonlarda ham, binolar qavatlarida ham zilzilalar paytida aholining xavfsizligini kafolatlaydi.

Uy-joy maydoni, xonadonlar rejalarining turlari bilan batafsil tanishish uchun savdo ofisida har xil rejali, tayyor namunaviy xonadonlar va butun majmua maketi mavjud. Shuningdek, majmuaning hududiga tashrif buyurib, qurilish jarayonini bevosita kuzatib borish imkoniyati bor.

Xonadonlarni muddatli to‘lov asosida ham xarid qilish mumkin.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi telefon raqamga qo‘ng‘iroq qiling: +998 78 777 00 77

Manzil: Toshkent shahri, Niyozbek yo‘li, 3-tor ko‘cha
Mo‘ljal: Paul restorani, «Irrigatsiya» instituti

Savdo ofisi manzili: Toshkent shahri, Lashkarbegi ko‘chasi, 1
Mo‘ljal: Hamid Olimjon maydoni.

Sayt: namunadevelopment.uz

Telegram: t.me/namunadevelopment

Instagram: @namunadevelopment

Facebook: fb.com/namunadevelopment

Reklama huquqi asosida

Top