12:20 / 06.02.2021
14138

Quva tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 6 fevral kuni, xalq deputatlari Quva tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Sessiyada Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov,  O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quranboyev ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Halimjon Umarov Quva tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Umarov 2006-2018 yillarda Toshloq tumani hokimi, 2018-2019 yillarda Quva tumani hokimi vazifasida ishlagan.

U 2019 yil martidan shu paytga qadar Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Avvalroq, Quva tumanining 4ta sektor rahbari ishdan ketgani xabar qilingandi

Top