09:33 / 06.02.2021
2999
Yunusobod ko‘prigining bir qismi 13 fevralgacha yopildi

Toshkent shahrida Amir Temur shohko‘chasi ustidan o‘tgan ko‘prikning (mo‘ljal “Universam”) bir tomoni “Yunusobod” metro bekatidan 7-son shahar klinik shifoxonasi yo‘nalishida transport harakati uchun vaqtincha yopiladi

Poytaxt hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, bu yo‘l-ta'mirlash ishlarini tezroq yakunlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ishlar 13 fevral kuni yakunlanishi rejalashtirilgan. 

Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan. 

Top