17:10 / 07.02.2021
7376

Namangan va Panjob viloyatlari «Birodarlashgan hududlar» deya e'lon qilindi

Foto: Namangan viloyati hokimligi

6 fevral kuni Namanganga Panjob viloyati gubernatori Muhammad Sarvar boshchiligidagi Pokiston delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov delegatsiyani gullar shahrida ko‘rib turganidan mamnunligini aytib, bu tashrif Namangan delegatsiyasining 2019 yilda Pokistonga qilgan safariga amaliy javob bo‘lganini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida Namangan viloyati hokimligi va Panjob viloyati hukumati o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va turizm sohalaridagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Mintaqalararo hamkorlikning amaliy ramzi sifatida Namangan shahridagi «Uch favvora» xiyobonida monument o‘rnatilib, Pokiston Islom Respublikasining davlat bayrog‘i ko‘tarildi.

Namangan va Panjob viloyatlari «Birodarlashgan hududlar» deya e'lon qilindi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi
Foto: Namangan viloyati hokimligi

Shu kuni Pokiston delegatsiyasi Namangan viloyatidagi bir nechta sanoat obektlari bilan tanishdi, Chortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaroniy qadamjosini ziyorat qildi. Ular uchun Namangan shahridagi «Sherdor» majmuasida  konsert dasturi namoyish etildi.

7 fevral – tashrifning ikkinchi kunida esa «Shodiyona» tantanalar majmuasida Namangan–Panjob biznes-forumi va «Made in Namangan» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Top