21:42 / 08.02.2021
13316
Germaniya, Shvetsiya va Polsha rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishini e'lon qildi

Rossiya avvalroq Germaniya, Polsha va Shvetsiyaning uch nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishini e'lon qilgandi.

Foto: REUTERS/Brian Snyder

Germaniya, Shvetsiya va Polsha Moskvaga javoban rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishini e'lon qildi. Bu haqda uch mamlakat tashqi ishlar vazirliklariga tayanib TASS xabar bermoqda.

Rossiya avvalroq Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan mitingda qatnashgani sababli Germaniya, Polsha va Shvetsiyaning uch nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishini e'lon qilgandi

Rossiya TIV yevropalik diplomatlar 23 yanvar kungi norozilik namoyishlarida qatnashganligini qabul qilib bo‘lmasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 yanvar kuni Rossiyada Aleksey Navalniy va boshqa siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bunga davolanishdan so‘ng Germaniyadan Rossiyaga qaytgan muxolifatchining hibsga olinishi sabab bo‘ldi.

2 fevral kuni Moskvaning Simonovskiy sudi Aleksey Navalniyga nisbatan 3,5 yilni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tash jazosini tayinladi.

Top