15:41 / 08.02.2021
3096
Isroil aholisining yarmidan ortig‘i koronavirusga qarshi emlangan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi

Emlanganlar soni bo‘yicha esa AQSh dunyoda yetakchilik qilmoqda – 42 mln kishi.

Foto: Sebastian Scheiner/AP

Isroil aholisining yarmidan ortig‘i koronavirusga qarshi emlangan dunyodagi birinchi mamlakatga aylandi. TASS hisob-kitobiga ko‘ra, aholisi 8,9 mln kishini tashkil etuvchi mamlakatda 5,54 mln nafar isroillik yoki aholining 62,42 foizi emlab bo‘lindi.

 Shu tarzda, Isroil emlanganlar ulushi bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakat bo‘ldi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda BAA (44,79 foiz), uchinchi o‘rinda Seyshel orollari (40,49 foiz) turibdi.

Shunindek, Buyuk Britaniya (18,95 foiz), AQSh (12,84 foiz) va Bahrayn (11,63 foiz) 10 foizlik ko‘rsatkichdan o‘tgan davlatlar qatoridan joy oldi.

Emlanganlar soni bo‘yicha esa AQSh dunyoda yetakchilik qilmoqda - 42 mln kishi. Undan keyingi o‘rinda Xitoy turibdi (31,2 mln kishi). Yuqori uchlikni Buyuk Britaniya yakunlaydi (12,6 mln kishi).

Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi emlanganlar soni 131,9 mln kishiga yaqinlashgan. Bu yer yuzidagi aholining 1,7 foiziga teng.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top