03:00 / 08.02.2021
5055
La Liga. «Barselona» safarda «Betis» ustidan irodali g‘alabaga erishib, 2-o‘ringa qaytdi
Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionatining 22-turida «Barselona» mehmonda «Betis» bilan bahsda kambek qildi. Mezbonlar safida Iglesias va Ruis to‘p kiritishgan bo‘lsa, kataloniyaliklardan Messi va Trinkau zaxiradan maydonga tushib gol urishdi. Shuningdek, Ruis avtogol muallifiga ham aylandi. 

«Barselona» ochkolarini 43taga yetkazib, 2-o‘ringa qaytdi. «Betis» 30 ochko bilan 7-pog‘onada qoldi. 

La Liga, 22-tur

Betis — Barselona 2:3
7 fevral, «Benito Vilyamarin»
Gollar: Iglesias (38), Ruis (75) — Messi (59), Ruis (68, avtogol),  Trinkau (87).
Betis – Robles, Emerson, Moreno, Mandi, Ruis, Fekir (Kanales, 83), Akuoku (Rodriges, 75), Ruibal (Rodri, 65), Guardado, Xuanmi (Telo, 75), Iglesias (Moron, 82). 
Barselona – ter Stegen, Arauxo (de Yong, 11), Langle, Mingesa, Alba, Puch (Messi, 57), Buskets (Umtiti, 78), Pyanich (Trinkau, 57), Dembele, Grizmann, Breytueyt (Pedri, 46).

Top