12:02 / 09.02.2021
13282
Abdumannop To‘laganov prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari tayinlandi. 

Davlat rahbari saytida e'lon qilingan farmon matniga ko‘ra, Abdumannop Abdujabborovich To‘laganov O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

Ma'lumot uchun, Abdumannop To‘laganov yuridik fanlar doktori, professor hisoblanadi.

U yangi lavozimda Akmal Bekmurodovning o‘rnida ish boshlagan. 2020 yilning noyabridan buyon Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari - Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori sifatida ishlab kelgan Bekmurodov endilikda faqat rektorlik lavozimini o‘zida saqlab qolgan.

O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi hozirda vakant turibdi. Bu lavozimda 2019-2020 yillarda Sherzod Kudbiyev ishlagan, u o‘tgan yil mayida Davlat soliq qo‘mitasi raisligiga o‘tkazilganidan buyon bu lavozim bo‘sh qolmoqda.

Ayni vaqtda Qahramon Quronboyev va Umar Ismoilov prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelyapti.

Top