21:56 / 09.02.2021
5438

Borrel YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishi mumkinligini aytdi

Rossiyaga nisbatan navbatdagi qadamlar 22 fevralda bo‘lib o‘tadigan YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida va Yevropa kengashining mart oyidagi yig‘ilishida muhokama qilinadi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ittifoqqa a'zo mamlakatlar Rossiyaga nisbatan navbatdagi qadamlarni muhokama qilishini ma'lum qildi

"Birinchi navbatda, 22 fevralda bo‘lib o‘tadigan YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida va Yevropa kengashining mart oyidagi yig‘ilishida buni muhokama qilamiz. Biz oldinga harakat yo‘lini taqdim etamiz va a'zo mamlakatlar navbatdagi qadamlar to‘g‘risida qaror qabul qiladi", - dedi u.

Borrelning ta'kidlashicha, "Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kiritish masalasi muhokama qilinadi".

Avvalroq Yevropa parlamentining bir guruh deputatlari Jozep Borrelning Rossiyaga tashrifidan so‘ng uning iste'fosini talab qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ularning fikricha, YeI diplomatiyasi rahbarining Moskvaga safari muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top