10:20 / 09.02.2021
2366
Chinozda 1 kilogrammdan ortiq marixuana olib yurgan shaxs qo‘lga olindi
Illyustrativ foto/RIA Novosti

Chinoz tumanida 1 kilogrammdan ortiq marixuana olib yurgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro B.A. Chinoz tumani “Sutchilar” mahallasi hududida maqsadsiz yurgan vaqtida gumonlanib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Shu vaqtda uning o‘ng qo‘lida bo‘lgan qora rangli sellofan paket ichida vazni 1 kilogramm 140 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, u ushlangan.

Holat yuzasidan fuqaro B.A.ga nisbatan Chinoz tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top