10:15 / 09.02.2021
3219
Sudyalar Oliy kengashi Navoiyda gazeta bosh muharririga bosim qilgan sud raisining harakatlarini o‘rganmoqda

2021 yil 8 fevral kuni Kun.uz saytida «Navoiyda sud raisi gazeta muharririga buyurtma maqola chiqarilmagani uchun tahdidli xat yo‘lladi» sarlavhali maqola e'lon qilindi. Unda Navoiy viloyati Uchquduq tuman iqtisodiy sudi raisi Xurshid Tursunov «Uchquduq» gazetasi tahririyati muharriri Rayhon Qodirovaga yuborgan maqolalarini chop etib, gazetadan bir nusxa jo‘natmasa, jarimaga tortishi haqida tahdidli xat jo‘natgani, sudning buyurtma maqolasi esa plagiat bo‘lib chiqqani haqida so‘z yuritilgandi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ushbu maqolada tilga olingan holatlar bo‘yicha sud raisining xatti-harakatlari Kengash tomonidan o‘rganilayotganini ma'lum qildi.

«Mazkur maqolada qalamga olingan voqelik jiddiyligi, ayniqsa  «Sudyalarning odob-axloq kodeksi» talablari buzilgan-buzilmaganiga oydinlik kiritish va tegishli baho berish lozimligidan kelib chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Natijasi haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi», deyiladi Sudyalar oliy kengashi ma'lumotida.

Top