16:00 / 10.02.2021
5284
“E-IJRO AUKSION” platformasida davlat aktivlarini ochiq va shaffof tarzda sotib olish mumkin

Joriy yilning o‘tgan davrida “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida 349 ta davlat aktivi ommaviy savdolarga chiqarildi.

Shu bilan birga, yil boshidan buyon 182 ta davlat aktivi 37,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Bugungi kunda ommaviy savdolarga chiqarilib, barcha tadbirkorlik sub'yektlariga taklif etilayotgan quyidagi yirik davlat aktivlari bilan tanishing:

1. Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi faoliyat turi texnik xizmat ko‘rsatish bo‘lgan boshlang‘ich narxi 76 mlrd 422 mln so‘mlik "Texnik ta'mirlash va butlash boshqarmasi" MChJning ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi savdoda turibdi. Jamiyat balansidagi 18,3 gektar yer uchastkasi hamda 88 754 kv.m.dan iborat bino-inshootlar O‘zbekistonning bir necha viloyatlarida joylashgan. Ushbu davlat aktivi Agentlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan savdoga chiqarilgan.

2. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi faoliyat turi Paypoq ishlab chiqarish bo‘lgan boshlang‘ich narxi 42 mlrd 93 mln so‘mlik "Sho‘rtanneftgaz-Tekstil" MChJning ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi savdoda turibdi. Jamiyat balansida 2,3 gektar yer uchastkasi hamda 5979,7 kv.m.dan iborat bino-inshootlar mavjud. Ushbu mulk Agentlikning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan savdoga chiqarilgan.

3. Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi faoliyat turi ishlab chiqarish bo‘lgan boshlang‘ich narxi 25 mlrd 546 mln so‘mlik "Polietilen quvurlari" MChJning ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi savdoda turibdi. Jamiyat balansida 12 gektar yer uchastkasi hamda 6760,8 kv.m.dan iborat bino-inshootlar mavjud. Ushbu davlat aktivi Agentlikning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan savdoga chiqarilgan.

4. Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi boshlang‘ich narxi 24 mlrd 672 mln so‘mlik " Neftgazaloqa" MChJning ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi savdoda turibdi. Jamiyat balansidagi 5,2 gektar yer uchastkasi hamda 9847 kv.m.dan iborat bino-inshootlar O‘zbekistonning bir nechta hududlarida joylashgan. Ushbu davlat aktivi Agentlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan savdoga chiqarilgan.

5. Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi faoliyat turi plastik taralar va sig‘imlar ishlab chiqarish bo‘lgan boshlang‘ich narxi 23 mlrd 413 mln so‘mlik "Yangiariq plast" MChJning ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi savdoda turibdi. Jamiyat balansida 2,3 gektar yer uchastkasi hamda 16500 kv.m.dan iborat bino-inshootlar mavjud. Ushbu davlat aktivi Agentlikning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan savdoga chiqarilgan.

6. Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi faoliyat turi neft qazib chiqarish va sotish bo‘lgan boshlang‘ich narxi 14 mlrd 262 mln so‘mlik "O‘zmaloyl" qo‘shma korxonasi MChJning ustav fondidagi 50 foiz davlat ulushi savdoda turibdi. Jamiyatga tegishli 116,4 gektar yer uchastkasi hamda 1720 kv.m.dan iborat bino-inshootlar respublikamizning bir necha viloyatlarida joylashgan. Ushbu davlat aktivi Agentlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan savdoga chiqarilgan.

7. Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanidagi faoliyat turi parrandachilik bo‘lgan boshlang‘ich narxi 12 mlrd 679 mln so‘mlik "Tabiiy toza" MChJning ustav fondidagi 98,83 foiz davlat ulushi savdoda turibdi. Ushbu davlat aktivi Agentlikning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan savdoga chiqarilgan.

Davlat aktivlarini sotib olish uchun e-auksion.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘ting, ochiq va shaffof usulda o‘tkaziladigan onlayn savdolarda ishtirok eting.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

Reklama huquqi asosida

Top