20:00 / 10.02.2021
13799
Intizorlik bilan kutilgan Galaxy S21 seriyasi nihoyat sotuvda

Samsung Uzbekistan Galaxy S21 seriyasidagi smartfonlar sotuvga chiqqanligini va shu seriya smartfonlarini xarid qilganda, Galaxy A01 Core telefonini sovg‘a tariqasida olishingiz mumkinligini e'lon qildi.

Avvalroq yozganimizdek, Samsung kompaniyasi Galaxy smartfonlarining yangi flagman to‘plami — S21|S21+|S21 Ultra, simsiz premium Buds Pro quloqchinlarini va SmartTag Bluetooth trekerlarini taqdim etdi. Yangi Galaxy seriyasi texnika olamida ulkan qiziqish va taniqli xalqaro nashrlarda ko‘pgina ijobiy izohlar uyg‘otdi hamda yetkazib berish hajmiga juda katta talab sabab bo‘ldi. Bugungi maqolamizda Galaxy S21 liniyasi nimasi bilan shu qadar o‘ziga xosligini va sizga yana bir smartfon Galaxy A01 Core sovg‘a sifatida berilishini tahlil qilamiz.

Galaxy S21 seriyasi

Galaxy S21|S21+|S21 Ultra smartfonlari boshqa smartfonlardan yuqori unumdorligi, beqiyos kamerasi, mukammal dizayni va cheksiz displeyi bilan ajralib turadi.

Shuningdek, S seriyadagi smartfonda ilk marotaba S Pen qalami funksiyasi kiritilgan bo‘lib, uning yordamida Galaxy S21 Ultra'da eslatma yaratish, yozuv qo‘shish va fotosuratlar yoki hujjatlarni tezda tahrirlash mumkin.

Contour Cut kamerasining mukammal tuzilishi, baquvvat va tirnalishlarga nisbatan chidamli korpus bilan yaxlit uyg‘unlik kasb etgan bo‘lib, o‘zining zamonaviy dizayni bilan diqqatni tortadi. Flagman seriyasining dizayni to‘g‘risida GQ nashri shunday fikr bildirdi: “Bu biz ilgari hech bir smartfonda uchratmagan, chindan ham zamonaviy va o‘ziga xos dizayn”. 

Galaxy S21|S21+|S21 Ultra kameralari – xuddi qo‘lingizga joylashgan kinostudiyaga o‘xshaydi, gadjetlarga bag‘ishlangan eng xaridorgir Stuff jurnalining yozishicha: “Samsung Galaxy S21 Ultra 5G bilan ortiqcha kuch sarflamay, o‘zingizni ko‘rgazmalarga munosib fotosuratlarni yarata oladigan professional fotograf/suratkash kabi his qilasiz”. Galaxy S21 seriyasidagi kameralar yordamida, 8K sifatli videolarni suratga olish va bevosita videoning o‘zidan yuqori tiniqlikdagi ajoyib tasvirlarni olishingiz mumkin.

The Guardian nashrining aytganidek, “Android asosida ishlaydigan smartfonlar qiroli Galaxy S21 Ultra” jonli, yorqin va kichik tafsilotlargacha aks ettirilgan fotosuratlarni oladigan, 108 Mpx kamera tiniqligiga ega. Galaxy S21|S21+ esa hayratlanarli aniqlikdagi fotosuratlarni yaratish uchun 64 Mpx kamera tiniqligiga ega.

Galaxy S21 seriyasidagi kameralar, hatto tunda ham, qo‘shimcha yorug‘lik beruvchi qurilmalarsiz, yuqori sifatli fotosuratlarni yaratish imkonini beradi. Super Steady rejimi esa sun'iy idrok texnologiyasidan foydalangan holda, stabilizatordan qolishmay, harakatlanayotganda tasvirga olish ravonligini ta'minlaydi va suratga olish jarayonida qo‘lingiz qimirlaganini bildirmaydi.

Smartfonlar 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va yangi Exynos 2100 protsessori asosida ishlaydi, aqlli akkumulyator esa 24 soatdan ortiqroq vaqt davomida telefonni quvvatlamay ishlatish imkonini beradi. Smartfonlarning har uchala modelida ham 120 Gsgacha yangilanish tezligiga ega Dynamic AMOLED 2X displeylari o‘rnatilgan.

Manfaatli aksiya

Samsung Uzbekistan 2021 yil 6 fevraldan 28 fevralgacha Galaxy S21 seriyasidagi smartfonlarni juda qulay shartlarda sotib olish imkoniyatini taqdim etadi. Aksiyaning amal qilish muddati davomida Galaxy S21| S21+|S21 Ultra smartfonlarini xarid qilganda, siz yana bir smartfon – Galaxy A01 Core'ni sovg‘a sifatida olishingiz mumkin. Aksiyada rasmiy hamkorlardan smartfon xarid qilgan har bir kishi ishtirok etishi mumkin.

Eng zamonaviy smartfonlarni o‘zingizga foyda bilan xarid qilishga shoshiling!

Sovg‘alar soni cheklangan.

Aksiya haqida batafsil ma'lumot: www.samsung.com/uz

Qo‘llab-quvvatlash xizmati raqami: 7799

Reklama huquqi asosida

Top