18:13 / 10.02.2021
40772

O‘zbekiston aloqa bozorida Rossiyaning MegaFon kompaniyasi ish boshlaydi

«YueSeM Telekom» va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda yangi qo‘shma korxona – Digital Holding’ni tashkil etishdi. Yangi qo‘shma korxona tarkibidan mamlakatning telekommunikatsiya bozori ilg‘ori bo‘lgan Ucell kompaniyasi hamda USM’ning O‘zbekistondagi aktivlari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan o‘rin oldi, deb xabar bermoqda Ucell axborot xizmati rahbari Baxtiyor Nasimov.

Ta'dkidlanishicha, O‘zbekiston xukumati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali qo‘shma korxonaga Ucell telekom-operatorining 100 foiz ulushini topshirmoqda. Rossiya tomoni Digital Holding rivojlanishi uchun 100 million dollar miqdorida investitsiya, shu bilan birga USM’ning sho‘'ba korxonalari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan tarkibga kiritmoqda.

Qo‘shma korxona tarkibiga kirish uchun «YueSeM Telekom» va MegaFon «Didjital Invest» kompaniyasiga asos solib, unda ikki kompaniyaning ulushi 50 foizdan taqsimlandi. Yangi QKda «Didjital Invest» ulushi 51 foiz, DABA ulushi 49 foizga teng.

Bitim doirasidagi jarayonlar 2021 yil davomida yakuniga yetishi kutilmoqda.

«O‘zbekistonning raqamli xizmatlar bozorida yetakchi ishtirokchini yaratish ham MegaFon, ham MDH va Sharqiy Yevropa hududi texnologik liderni barpo etayotgan «YueSeM Telekom» strategiyalariga mos keladi. Ishonchimiz komilki, MegaFon, Salohiyatli texnologiyalarni rivojlantirish markazi va «IKS Xolding»ning raqamli loyihalarni amalga oshirishdagi ko‘p yillik ekspertizasi O‘zbekistondagi sohaning eng yirik ishtirokchisini rivojlantirishga ko‘maklashadi», – deydi «YueSeM Telekom» bosh direktori Ivan Streshinskiy.

«Raqamli xizmatlar iste'moli nuqtai nazaridan O‘zbekiston MDHning eng salohiyatli bozorlaridan, u so‘nggi 10 yil ichida mobil aloqa abonentlarining uch baravardan ko‘p o‘sishini namoyish etgan bo‘lsada, hali hanuz to‘yinishdan yiroq. Biz 2021−yil davomida Ucell ichida jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar qilish rejasidan yiroqmiz, ko‘proq jipslashish va Ucell’da biznes o‘sishi uchun eng yaxshi amaliyotlarni tatbiq etishga e'tiborimizni qaratamiz», – deydi MegaFon bosh direktori Gevork Vermishyan.

«YueSeM Telekom» –USM xoldingining raqamli bo‘linmasi. MegaFon telekom operatori va «IKS Xolding» AT guruhining 100 foizini nazorat qiladi. «YueSeM Telekom»ning asosiy mulkdorlari − USM (80 foiz aksiyalar), Ivan Streshinskiy (10 foiz) va Anton Cherepennikov (10 foiz).

MegaFon – Rossiyaning telekommunikatsiya bozorida yetakchi o‘rinlarda turuvchi raqamli imkoniyatlar milliy operatori. MegaFon Rossiya telekom bozorining barcha segmentlarida, shu bilan birga Abxaziya, Janubiy Osetiya, va Tojikistonda faoliyat yuritadi.

Ucell — GSM, UMTS, LTE va 5G standartlaridagi o‘zbek uyali aloqa operatori. 2018 yilning 5 dekabridan OOO «COSCOM» («Ucell» savdo belgisi) 100 foiz davlat kompaniyasi hisoblanadi. O‘tgan ikki yil mobaynida 8 million abonentga ega Ucell O‘zbekiston uyali aloqa bozorida yetakchiga aylandi. 2020 yil fevral holatiga aholi punktlaridagi qamrovi  97,6 foiz (GSM); 72,9 foiz (UMTS); 60,8 foiz (LTE)ni tashkil etmoqda. Ucell — O‘zbekistonda 5G standarti bo‘yicha ilk operator.

Top