15:16 / 10.02.2021
9570
Rossiya aholi jon boshiga koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda - OAV
Foto: Reuters

«Rosstat» 8 fevral kuni Rossiyada 2020 yilda qayd etilgan o‘lim holatlari haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi. Ularga ko‘ra, mamlakatda apreldan 31 dekabrgacha ortiqcha o‘lim holatlari soni 358 257tani tashkil etdi, deb yozmoqda «Meduza».

Mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova 2020 yilda haddan tashqari ko‘p qayd etilgan o‘lim holatlarining 81 foizi koronavirus bilan bog‘liqligini tan oldi. Biroq, u qolgan 19 foiz nima bilan bog‘liqligini tushuntirmagan. Shu bilan birga, Moskva Sog‘liqni saqlash departamentining batafsil ma'lumotlariga ko‘ra, «ortiqcha o‘lim holatlarining» 98-100 foizi virus bilan bog‘liq.

Deyarli barcha «ortiqcha o‘lim holatlari» epidemiya tufayli yuz bergan deb hisoblansa, 2020 yilda koronavirusdan o‘lim, rasmiylar tomonidan avval aytilganidek 57 ming emas, balki ushbu raqamdan 6,3 baravar ko‘p bo‘lgan, deb taxmin qilish mumkin.

Bu shuni anglatadiki, 2020 yilda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Rossiya ikkinchi o‘rinni egalladi (AQShdan keyin) va aholi jon boshiga eng ko‘p zarar ko‘rgan beshta davlat qatoriga kirdi. Fevral oyining boshiga kelib, har 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan o‘lim holatlari soni bo‘yicha Rossiya dunyoda birinchi o‘ringa ham chiqqan bo‘lishi mumkin.

Top