10:24 / 10.02.2021
1525
Toshkentda avtobuslar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari soni to‘rt barobar kamaydi - «Toshshahartransxizmat»

Toshkent shahrida so‘nggi o‘n yil ichida jamoat transporti (avtobus) ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari to‘rt barobarga kamaygan. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, oxirgi 10 yil davomida (2011-2020 yillar) "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi avtobus saroylarining haydovchilari aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni 76 foizga, vafot etganlar soni 57 foizga va jarohatlanganlar soni 76 foizga kamaygan. 

2011 yilda yo‘l-transport hodisalari soni 74tani tashkil qilgan, vafot etganlar - 7 nafar, jarohat olganlar - 83 nafar. 2020 yilda yo‘l-transport hodisalari soni 18tani tashkil etgan, vafot etganlar - 3 nafar, jarohat olganlar - 20 nafar.

Ma'lum qilinishicha, 2020 yilda yo‘l-transport hodisalari soni 2019 yilga nisbatan 26 foizga, vafot etganlar soni esa 60 foizga kamaygan.

Top