19:21 / 10.02.2021
8854

Yamandagi husiychilar dronlar yordamida Saudiya Arabistonidagi aeroportga hujum uyushtirdi

Hujum portlovchi moddalar joylangan dronlar yordamida amalga oshirilgan.

Foto: Saudi state television via AP

Yamandagi isyonchi husiychilar dronlar yordamida Saudiya Arabistonidagi “Abha” aeroportiga hujum uyushtirdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, hujum natijasida uchish-qo‘nish yo‘lagidagi samolyot yonib ketgan.

 “O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni nazorat ostiga olishdi”, - deyiladi agentlik xabarida.

Qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar to‘g‘risida ma'lumot berilmagan.

 Agentlikning yozishicha, hujum uchun javobgarlikni husiychilar o‘z zimmasiga olgan. Hujum portlovchi moddalar joylangan dronlar yordamida amalga oshirilgan.

Avvalroq Saudiya Arabistoni televideniyesi mamlakat janubiga yo‘naltirilgan ikkita dron ushlangani haqida xabar qilgandi. Ma'lumot berilishicha, ushbu haftaning o‘zida yuz bergan uchinchi ana shunday holat hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top