07:47 / 11.02.2021
1931
Bugun respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz, bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz, bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Qayd etilishicha, faqat Farg‘ona vodiysining ba'zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikada ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 12-17 daraja iliqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ertalablari tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-15 daraja iliqni tashkil etdi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol biroz 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Top