20:25 / 11.02.2021
5192
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga direktor tayinlandi

Fondning asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashish hisoblanadi.

Foto: Milliy mass-media fondi

Akbar Rizayev Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi. Bu haqda fond telegram-kanalida xabar qilindi.

“U ushbu lavozimni 2021 yil 11 fevralda boshladi.

Avvalroq u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Axborot-tahliliy ta'minoti bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashish hisoblanadi.

Top