09:54 / 11.02.2021
4311

O‘zbekneftgaz”: Rossiya eksport va investitsiyalarni sug‘urta qilish agentligi (“EKSAR”) rahbariyati bilan muzokara o‘tkazildi

“EKSAR” AJ Bosh direktori Nikita Gusakovning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida milliy operatorning geologik-qidiruv va burg‘ilash ishlari hajmini oshirish rejalari, Rossiyada ishlab chiqarilgan moddiy-texnik resurslarni sotib olish va hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar neft-gaz sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning dolzarb masalalarini, xususan, uglevodorod ishlab chiqarishni ko‘paytirish dasturining ikkinchi bosqichini moliyalashtirish uchun kredit mablag‘larini eksport sug‘urtasi bilan ta’minlash va 2021 yilda burg‘ilash va qidiruv ishlarini amalga oshirishda qilinadigan ishlar xususida kelishib oldilar.

Ushbu tadbirlarning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasida neft va gaz qazib olishni jadallashtirishga asos bo‘ladi.

Ta’kidlash joiz, “EKSAR” AJ “RETs” AJ va “ROSEKSIMBANK” AJ bilan birgalikda Rossiya eksport markazi guruhiga kiruvchi eksport krediti va investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha yetakchi agentliklardan biri hisoblanadi, shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJning uzoq muddatli hamkori hisoblanadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top