12:00 / 11.02.2021
15574
Testdan o‘ting. Internetdagi firibgarliklar sxemalarini bilasizmi?

Firibgarlar yillar davomida o‘zlarining klassik aldov usullaridan foydalanib kelmoqdalar. Masalan, ular e'lon joylashtirish servislarida tovarlarni arzon narxlarda sotadilar va to‘lovni olgandan so‘ng, xaridorlarni bloklab qo‘yadilar. Shuningdek, firibgarlar go‘yoki ular chet elda ekanliklarini va siz sotayotgan tovarni o‘zlari olib ketolmasliklarini bahona qilib sizga tovarlarni yetkazib berish orqali jo‘natishni taklif qilishlari mumkin.

Firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslikning bir necha yo‘li mavjud. O‘tishingiz uchun taklif qilingan havolaga doimo e'tibor bering, bunday havolalar bir yoki undan ko‘p belgiga farq qiladigan saytlardir, masalan olyxx.uz, olx-dostavka.com.

Shuningdek, tajovuzkorlar hammaga sovg‘a yutgani haqida xabar yuborishadi. Ularning soxta saytlariga tashrif buyurganingizdan so‘ng, sizdan kartangiz raqami va kodini kiritishingiz so‘raladi. Lekin hech qachon karta kodini hech kimga bermang.

Ehtiyotkorligingiz va hushyorligingizni sinab ko‘rish uchun kichik testdan o‘tishingizni tavsiya qilamiz!

Reklama huquqi asosida

Top