15:55 / 11.02.2021
5556
Turkiya AQShni mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi

“Turkiya sudlariga buyruq berishga hech bir davlatning haqqi yo‘q", deyiladi mamlakat tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Hami Oqso‘y AQShni mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslikka va Turkiya sudlarining qarorlarini muhokama qilmaslikka chaqirdi.

"Biz AQShning huquq himoyachisi Usmon Kavalani ozod qilishga chaqirgan bayonotiga 2020 yil 28 iyuldayoq javob qaytarganmiz. Turkiya huquqiy davlat hisoblanadi. Turkiya sudlariga buyruq berishga hech bir davlatning haqqi yo‘q", deyiladi vazirlik bayonotida.

 Kavala 2017 yil 18 oktyabrda Istanbul aeroportida hibsga olingandi. O‘sha yilning 1 noyabrida sud "konstitutsion tuzumni o‘zgartirishga urinish va amaldagi hukumatni ag‘darishga urinishi" uchun uni hibsga olish to‘g‘risida hukm chiqargan. 

 O‘tgan yil fevralida Istanbul sudi uni oqlash va ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi, ammo keyinroq prokuratura uni yana hibsga olishga sanksiya berdi.

Top