14:00 / 12.02.2021
2617
«Ehsonning mukofoti faqat ehsondir» – Bekoboddagi masjid qurilishiga hissa qo‘shing

Allohning yer yuzidagi uyi hisoblangan masjidlar qurilishi bilan tanishish maqsadida bu safar Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga tashrif buyurdik.

Bekobod tumanining Isfara mahallasida joylashgan «Mulla Abdug‘affor» jome masjidi hozirgi binosi anchagina eskirib qolgan. 450 nafar namozxonga mo‘ljallab barpo etilayotgan yangi masjid 2020 yil mart oyida qurilishi boshlangan. Inshoot Bekobod tumanidagi Isfara va uning atrofidagi boshqa mahallalarga ham xizmat qiladi.

Ayni damda hashar yo‘li bilan xalqning ko‘magi yordamida qurilayotgan masjidning devorlari ko‘tarilmoqda. Masjid imom-noibi Akmal Abdurahmonovning aytishicha, tumanning eng chekka qismida joylashgan masjid qurilishi juda sustlashib qolgan.

«Hozirda masjidni gumbaz qismi uchun sement mahsulotlari, burchaklar (ugolok – qurilish materiali) hamda armatura yetishmay turibdi. Shuningdek, masjidga tahoratxona ham qurishimiz kerak. Tahoratxona loyihaga kiritilgan, lekin bu bo‘yicha hali umuman ishlar boshlanmagan.

Albatta masjid qurilishiga hissa qo‘shish bilan inson qiyomatga o‘zi uchun zaxira yig‘adi. Alloh taolo «Ehsonning mukofoti faqat ehsondir» – deya marhamat qilgan. Biz bir-birlarimizni mana shunday ulkan savobli ishga chaqirib qolamiz,” – deydi masjid imom-noibi Akmal Abdurahmonov.

Aziz yurtdoshlar! Bugun qilgan har bir savob amalimiz oxiratimizga zamindir. Siz azizlarni ham ushbu xayrli ishlarga chorlab qolamiz. Alloh taolo qilgan ehsonlaringizning savoblarini ko‘paytirib bersin.

Xayrli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun:

Uzcard: 8600 0304 9978 3805 Abdurahmonov Akmal

Humo: 9860 0101 3199 4732 Qo‘ziboyev Sayfuddin

Sberbank: 5336 6903 5893 4158 Xo‘jamqulov Yo‘lchi

Masjid qurilishi uchun ochilgan hisob raqami: 2021 2000 2042 7853 1002

INN: 204 545 405 MFO: 00787

Murojaat uchun masjid imom-noibi Akmal Abdurahmonovning telefon raqamlari: +99899 407 89-84, +99899 395 20-57.

Farrux Absattarov
Tasvirchi va montaj ustasi:
Abdusalim Abduvohidov

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top