18:42 / 12.02.2021
20750
Lavrov Rossiya Yevroittifoq bilan munosabatlarni uzishga tayyorligini aytdi

Oxirgi haftalarda Rossiya va Yevroittifoq o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi.

Foto: Russian Foreign Ministry/Reuters

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva Yevropa ittifoqi bilan munosabatlarni uzishga tayyorligini aytdi. Bu agarda hukumat "qaysidir sohalarda iqtisodiyotimizga xavf soladigan sanksiyalar kiritilsa yuz beradi", dedi u "Solovev Live" YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

"Biz dunyo hayotidan ihotalanishni istamaymiz, ammo bunga tayyor turish kerak. Tinchlikni istasang – urushga tayyorlan", - deb qo‘shib qo‘ydi Lavrov.

Keyinroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Lavrovning so‘zlari buzib talqin qilinganligini aytdi.

"Biz aynan shuni xohlamaymiz, Yevroittifoq bilan munosabatlarni rivojlantirishni istaymiz, ammo agar Yevroittifoq boshqa yo‘ldan boradigan bo‘lsa, unda biz ham tayyormiz", - dedi Peskov.

Oxirgi haftalarda Rossiya va Yevroittifoq o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. 5 fevral kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi Germaniya, Polsha va Shvetsiya diplomatlarini perona non grata deb e'lon qildi. Rossiya ularni 23 yanvarda Moskva va Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan mitinglarda qatnashganlikda aybladi. Bunga javoban Berlin, Stokholm va Varshava Rossiyaning uch nafar diplomatini chiqarib yuborishini ma'lum qildi.

 YeIning tashqi va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel esa Moskvaga ishchi tashrifidan so‘ng Rossiyani muloqotga tayyor emaslikda aybladi. 

 Lavrov bilan uchrashuv "Yevropa va Rossiya turli tomonlarga qarab harakatlanayotganini", tasdiqladi dedi u. Borrel Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kiritishni taklif qilmoqchi. YeI davlatlari tashqi ishlar vazirlari 22 fevral kuni ushbu masalani muhokama qiladi.

Top