16:00 / 12.02.2021
3357
Orient – «A» toifasidagi biznes markaz

Hamma biznes markazlar ham birdek yaxshi emas. Ofis ko‘chmas mulki sohasida chalkashmaslik uchun biznes markazlarini turi bo‘yicha tasniflash tizimi ishlab chiqilgan. U ko‘plab omillarni inobatga oladi: qurilish davri, joylashuvi va transport qatnovi, infratuzilmasi va jihozlanishi, tarhlari, pardoz ishlari va boshqalarni. Ushbu xususiyatlarga qarab ofis ko‘chmas mulki toifalarga bo‘lingan: «A», «B», «C» va «D».

Eng nufuzli, texnik jihatdan ta'minlangan, qulay rejalashtirilgan tijoriy ko‘chmas mulklar «A» toifasiga kirsa, 12 qavatli Orient Business Center ham shu toifaga mansub hisoblanadi. Loyiha Turkiyaning DOME+PARTNERS arxitektura kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Unda turli yo‘nalishdagi mutaxassislar: landshaft dizaynerlari, interer dizaynerlari va arxitektorlari, fasad bo‘yicha konsultantlar, binoning energiya hamda ekologik samaradorligi mutaxassislari, mexaniklar, elektriklar faoliyat yuritadi. Shu bois qurilishning barcha nozik jihatlari loyiha ishlab chiqilayotgan paytdayoq puxta o‘ylab qo‘yiladi.

Joylashuvi va transport qatnovi

Orient biznes markazi poytaxtning qoq markazida, Toshkentning eng qadimiy bozorlaridan bo‘lmish Oloy bozorining yonginasida joylashgan. Binodan yuz metrdan yaqinroq masofada – metro va yerusti transporti bekati mavjud. Boshqa tarafdan – gavjum avtostrada, biznes markazga kirish uchun qulay yo‘lak. Avtomobil egalari uchun 170 o‘rinli ikki qavatli yerosti avtoturargohi ko‘zda tutilgan, mehmonlar esa qo‘riqlanadigan yerusti avtoturargohidan foydalanishlari mumkin.

Bu yerda barchasi biznesga qaratilgan. Birinchi qavatda – keng xoll va qabulxona hududi, shuningdek, tayyor ijara biznesi uchun mo‘ljallangan tijoriy maydonlar: qahvaxona va oshxonalar, dorixonalar, bank filiallari, kimyoviy tozalash xizmati, minimarket va boshqalar. Markazning 2–11 qavatlarida shinam ofislar, konferensiya zallari, muzokaralar xonalari, tushlik xonasi mavjud.

Tashqari va ichkari

Markaz binosi monolit-karkasli, temirbeton qoplamali va unda qattiqlik difragmasi o‘rnatilgan. Shiftlar balandligi 4,2 metrdan boshlab (2–10 qavatlar) 4,7 metrgacha (1 va 11 qavatlar). Fasad uchun shakllarning aniq geometriyasi va o‘zgacha to‘q ko‘k ranglari gammasini mujassam etgan jiddiy yevropacha uslub tanlangan. Tashqi ko‘rinish jihatdan bu munosib lo‘ndalik, zamonaviy yondashuv va basavlatlik hissini beradi. Derazalar va pardoz ishlari yuqori sifatli materiallar ishlatgan holda zamonaviy texnologiyalar asosida bajarilgan.

Odatda «A» toifadagi biznes markazlar tarhlarning bir qancha turi bilan ajralib turadi. Orient Business Center'da esa ofis maydonlari open space uslubida ham, kabinet uslubida ham tashkillashtirilishi mumkin. Shell & Core pardozi standart dizaynga bog‘lanib qolmaslik va ofisni sizning individual «fe'l-atvoringizga» mos bo‘lgan funksional, ergonomik, yaxshi qismlarga bo‘lingan maydonga aylantirish imkonini beradi.

Infratuzilma

Orient biznes markazi qurilishi jarayonida biznes uchun qulay muhit shakllantirish uchun katta harakatlar amalga oshirilmoqda: rezidentlar va mehmonlar o‘zlarini imkon qadar shinam his qilishlari lozim. Ijarachilar, maydon egalari hamda mehmonlarning ehtiyojlari va manfaatlarini maksimal darajada hisobga olgan holda amalga oshirilgan kompleks infratuzilma bunga imkon beradi.

Hudud kun-u tun qo‘riqlanadi, korpuslarning tashqi perimetri va ikkita avtoturargoh – videokuzatuv tizimi nazorati ostida, hudud energiya tejovchi buzilishiga qarshi lampalar bilan yoritiladi, tozalikni esa boshqaruv kompaniyasi ta'minlaydi.

Jihozlanishi 

To‘rtta yo‘lovchilar uchun va bitta yuk tashish uchun, umumiy hisobda beshta lift tezda va shovqinsiz tashrifchilarni kerakli qavatga olib boradi. Bino mikroiqlimi eng zamonaviy VRF (Variable Refrigerant Flow, ya'ni «sovitish agentining o‘zgaruvchan oqimi») turidagi havo sovitish tizimi hisobidan ta'minlanadi.

Konferensiya zallari 150-300 kishini sig‘dira oladi. Ular muzokaralar va namoyishlar o‘tkazish uchun barcha kerakli texnika vositalari bilan jihozlangan. Optika tolali texnologiyalar va ishonchli provayderlar aloqa tizimlarini ta'minlaydi. Elektr va suv ta'minoti shahar tarmoqlaridan olinadi.

Nogironligi bor insonlarga alohida e'tibor qaratilgan. Biznes markaz hududida keng trotuarlar yotqizilgan, ular qatnov qismi bilan tutashgan joylarda bordyurlar pasaytirilgan. Harakatlanish yo‘llari maqbul qiyalikda qurilgan, ularning sathlari sirpanchiq emas. Kirish qismlari yer sathi bilan bir balandlikda, buning imkoni bo‘lmagan joylarda esa nishab yo‘lkalari (panduslar) o‘rnatilgan.

«A» toifasidagi biznes markaz nufuz va qulaylikni qadrlovchi kompaniyalar uchun mo‘ljallangan. Orient Business Center'dan maydon tanlasangiz, siz mijozlaringiz va biznes hamkorlaringizda kerakli taassurot uyg‘otadigan g‘aroyib ofisga ega bo‘lasiz. Orient Business Center har qanday biznes muzokaralarda uchrashuv boshlanishidan avval siz haqingizda ijobiy fikr uyg‘onishiga xizmat qiladi va tashrifchilaringiz nigohida sizga kerakli maqomni beradi.

Maydonlar xaridi haqida batafsil ma'lumot olish uchun +998 99 850-11-11 telefon orqali bog‘laning yoki Golden House savdo ofisiga tashrif buyuring.

Markaziy savdo ofisi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Mo‘ljal: Orient Finans Bank, «Novomoskovskaya» TJM. 

Veb-sayt: www.orientbc.gh.uz

Facebook: fb.com/orientbusinesscenter

Instagram: @orient_bc

Telegram: t.me/goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida

Top