17:02 / 12.02.2021
6071
Sardor Rashidov «Paxtakor» mashg‘ulotlarida qatnashmoqda

O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisi Sardor Rashidov yangi mavsumni O‘zbekiston chempionatida boshlashi mumkin. Futbolchi Superliganing amaldagi chempioni «Paxtakor» klubi mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.

29 yoshli hujumkor yarimhimoyachi «Paxtakor»ni tark etgan Jaloliddin Masharipov va Dostonbek Hamdamov o‘rnini to‘ldirishi kutilmoqda. Tomonlar kelishuvga erishsa, tez orada shartnoma imzolanadi.

O‘tgan mavsumni Qatar Superligasining «Qatar SK» klubida o‘tkazgan Sardor Rashidov so‘nggi 3-4 oy davomida jamoasi safida maydonga tushmayotgan edi.

Ma'lumot uchun, Rashidov O‘zbekistonning «Bunyodkor» va «Lokomotiv» klublarida o‘ynagan. Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Rashidov legionerlik faoliyati davomida Qatarning «Al Jaish», BAAning «Al Jazira», Portugaliyaning «Nasonal» jamoalarida o‘ynagan. O‘zbekiston milliy jamoasi safida 2013 yildan buyon o‘ynab kelayotgan Rashidov 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan.

Top