19:34 / 12.02.2021
3422
Tojikiston o‘tgan yili tabiiy ofatlardan 5,2 mln dollar zarar ko‘rdi

Mamlakat favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi rahbari Rustam Nazarzodaning so‘zlariga ko‘ra, 141ta yashash joyiga zarar yetgan, ulardan 41tasi butunlay, 100tasi qisman vayron bo‘lgan.

Foto: News.tj

Tojikistonda o‘tgan yili tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 58 mln 911,4 ming somoniyni (5,2 mln dollar) tashkil etdi.

Mamlakat favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi rahbari Rustam Nazarzodaning so‘zlariga ko‘ra, 141ta yashash joyiga zarar yetgan, ulardan 41tasi butunlay, 100tasi qisman vayron bo‘lgan.

Shuningdek, 22ta ta'lim muassasasi, 89 km yo‘l, 14ta ko‘prik, 15 km elektr uzatish liniyasi, 18 ming 817 gektar qishloq xo‘jalik yerlariga zarar yetgan.

Ma'lumot berilishicha, 2017 yilda tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 4,4 mln, 2018 yilda 3,6 mln va 2019 yilda 3,2 mln dollarni tashkil etgan.

Top