23:52 / 13.02.2021
6610
AQSh kontrrazvedkasining sobiq agenti Eron foydasiga josuslik qilganlikda ayblandi

Adliya vazirligi shuningdek, Eronning to‘rt nafar fuqarosiga AQSh razvedkasi xodimlariga qarshi kiberhujumlar uyushtirishga urinish bo‘yicha ayblov e'lon qilgan.

 AQSh adliya vazirligi mamlakat kontrrazvedkasining sobiq agenti Monika Uittni Eron foydasiga josuslik qilishda aybladi.

"Monika Uitt Eron rejimiga o‘ta maxfiy razvedka dasturi va AQSh razvedkasi ofitserining shaxsi to‘g‘risida ma'lumot berganlikda ayblanadi. U bu bilan qonunni hamda mamlakatimizni himoya qilish va qo‘riqlash haqida ichgan qasamini buzgan", - dedi adliya vaziri yordamchisi Jon Demers.

 Adliya vazirligi shuningdek, Eronning to‘rt nafar fuqarosiga AQSh razvedkasi xodimlariga qarshi kiberhujumlar uyushtirishga urinish bo‘yicha ayblov e'lon qilgan.

AQSh adliya vazirligining ma'lumot berishicha, Uitt 2013 yilda Eronga qochib ketgan hamda Eron razvedkasiga Pentagon dasturlaridan birining shartli nomi va maqsadi to‘g‘risida ma'lumotlar bergan.

Top