07:52 / 13.02.2021
11368
Namanganda avtobusdan tushib ketgan yo‘lovchi vafot etdi

Joriy yilning 10 fevral kuni soat 09:10larda, Namangan shahar Sardoba MFY Navoiy ko‘chasida “Isuzu” rusumli avtobusni boshqarib ketayotgan haydovchi Navoiy ko‘chasida joylashgan bekat oldida yo‘lovchilarni olgan.

Namangan viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u avtobus eshigini yopmagan va harakatni davom ettirgan. So‘ng eshiklarni yopgan vaqtida, orqa eshikda turgan yo‘lovchi,eshikka qisilib qolib, yerga yiqilgan.

Natijada, yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top