09:19 / 13.02.2021
2373
Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Dubaydagi Gran-prida yana 9ta medalni qo‘lga kiritdi

12 fevral kuni para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari BAAning Dubay shahrida davom etayotgan Gran-pri musobaqasida 9ta medalga sazovor bo‘ldi. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabariga ko‘ra, medallarning yarmidan ko‘pi, ya'ni 5tasi oltin bo‘lsa, bittasi kumush va 3tasi bronza medallaridir.

Disk uloqtirish musobaqasining F57 klassida ishtirok etgan Mohigul Hamdamova 32.49 metr natija bilan Osiyo rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

12 fevral kuni qo‘lga kiritilgan medallar:

  • Husniddin Norbekov (yadro uloqtirish F35) – oltin;
  • Mohigul Hamdamova (disk uloqtirish F57) – oltin;
  • Sabina Suxanova (yugurish T37) – oltin;
  • Nurxon Qurbonova (nayza uloqtirish F54) – oltin;
  • Natalya Semyonova (nayza uloqtirish F55) – oltin;
  • Muhammad Rexsimov (yadro uloqtirish F42) – kumush;
  • Abdulazizxon Abduhakimov (bosqon uloqtirish F32) – bronza;
  • Yorqin Odilov (nayza uloqtirish F57) – bronza;
  • Farrux Saidxo‘jayev (disk uloqtirish T11) – bronza.

Ushbu para atletlardan faqat Husniddin Norbekovda Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlari litsenziyasi mavjud edi. Qolgan sportchilar esa kechagi g‘alabalari evaziga litsenziya olish imkoniyatini keskin oshirdi va o‘z hisoblariga muhim reyting ochkolarini qo‘shib qo‘yishdi.

Hozirgacha para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Dubay Gran-prisida 9ta oltin, 3ta kumush va 4ta bronza, jami 16ta medalni qo‘lga kiritdilar.

Bugun Gran-prining to‘rtinchi kunida quyidagi sportchilar bahslarga kirishadi:

  • Mohigul Hamdamova – yadro uloqtirish;
  • Sabina Suxanova – yugurish (100 metr va 400 metr);
  • Asila Mirzayorova – uzunlikka sakrash;
  • Yoqutxon Xolbekova – uzunlikka sakrash;
  • Nurxon Qurbonova – nayza uloqtirish;
  • Timur G‘iyosov – balandlikka sakrash;
  • Miran Saxatov – uzunlikka sakrash;
  • Omad Hasanov – balandlikka sakrash;
  • Kubaro Hakimova – yadro uloqtirish;
  • Ma'ruf Murodullayev – yugurish (1500 metr).
Top