09:00 / 14.02.2021
13339
Reklama

AVALON kompaniyasining ilk rasmiy shourumi ochildi

Yevropaning maishiy texnika ishlab chiqaruvchi AVALON kompaniyasi yangi rasmiy shourumining ochilgani haqida xabar berishdan mamnun. Ushbu shourumda turli xil kir yuvish va idish yuvish mashinalari, changyutkichlar, muzlatkichlar, konditsionerlar va boshqalar mavjud. Shuningdek, o‘rnatiladigan texnika modellari: pechlar, plitalar va mikroto‘lqinli pechlar ham mavjud.

Shourumning geo-joylashuvi xaridorlar uchun qulay tarzda tanlangan. U shahar markazida, yangi turar joy majmuasining birinchi qavatida joylashgani tufayli belgilangan joyga har qanday transport vositasida borish imkoni mavjud. Shourum yonida joylashgan katta, zamonaviy banner adashib qolish yoki o‘tib ketishga yo‘l qo‘ymaydi. AVALON rasmiy shourumidagi tabiiy yorug‘lik va uning alohida detallari diqqatga sazovordir. Hi-Tech uslubi, yog‘och modullarni devorlarning ochiq rangi bilan kombinatsiyasi va abstraksionizm san'at uslubidagi rasmlar mahsulotlarning turli intererlarda qanchalik estetik ko‘rinishini namoyish etadi.

Shourumda sizni yaxshi kayfiyat, iliq tabassum va do‘stona ohang bilan mutaxassislar kutib oladilar. Ushbu mutaxassislarning malakali yondashuvi va tajribasi har bir tashrif buyuruvchining talab va istaklarini hisobga olgan holda eng yaxshi tanlovni amalga oshirishga yordam beradi. Ular har doim qiziqtirgan savollar bo‘yicha maslahat berib, alohida mahsulotlarning xususiyatlari haqida batafsil ma'lumot berishga tayyorlar.

AVALON kompaniyasi mahsulotlari odatiy texnologiya stereotiplariga qarshi chiqib, funksionallik va qulaylikni taklif qiladi. Hashamatli ko‘rinish va nafislik uyingiz intereriga zavq bag‘ishlaydi. Qisqa vaqt ichida AVALON o‘zining noyob dizayni va yuqori sifati tufayli xaridorlarning mehrini qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Va bu yil yanada ko‘proq iste'molchilar brend bilan tanishishlari uchun AVALON shourumlarini yana bir nechtaga ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.

Ta'kidlab o‘tish joizki, sotib olingan barcha mahsulotlar uchun 3 yil to‘liq bepul kafolat va ko‘plab mahsulotlarning motorlari uchun 10 yilgacha kafolat beriladi. Shuningdek, Avalon brendi mijozlari uchun O‘zbekistonning barcha hududlarida xizmat ko‘rsatish servis markazlari ham mavjud.

Batafsil ma'lumot uchun telefonlar:

+998 55 503 66 66

+998 95 513 70 70

AVALON shourum manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Ts-5 mavzesi, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-A uy.

Reklama huquqi asosida    

Mavzuga oid
Top