07:59 / 14.02.2021
13991
Bektemir Meliqo‘ziyev 7-jangida ham g‘alaba qozondi
Foto: Golden Boy Boxing

O‘zbekistonlik professional bokschi, professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida turnirlarda ishtirok etayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (7-0, 6KO) AQShning Kaliforniya shtatida tashkil etilgan boks oqshomida amerikalik Morgan Fitchga (19-5-1, 8 KO) qarshi ringga ko‘tarildi

8 raundga mo‘ljallangan jangning 3-raundida Bektemir tomonidan berilgan zarbalardan so‘ng raqib quladi va hakam jangni to‘xtatib texnik nokaut qayd etdi. 

Shu tariqa, Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi 7-jangida  7-g‘alabasiga (6tasi nokaut) erishdi.

Top